«Farmatsiya» · № 5/2026 · с. 4–14

Akramov Davlat Ximmatkulovich, Mamadaliyeva Nilufar Zokirjonovna

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti, Toshkent, Oʻzbekiston

Annotatsiya

Allium turkumi, jumladan sarimsoq, piyoz, shnit-piyoz va boshqa turdosh o‘simliklar, o‘zining boy kimyoviy tarkibi hamda yuksak farmakologik xususiyatlari tufayli qadim zamonlardan buyon an’anaviy va xalq tabobatida keng qo‘llanib kelinmoqda. Ushbu o‘simliklar tarkibida biologik faol oltingugurtli organik birikmalar (allitsin, ajoen, diallil sulfid, diallil disulfid, S-allil sistein), flavonoidlar (kversetin, kempferol), fenol birikmalar, saponinlar, fitosterollar, alkaloidlar, polisaxaridlar, vitaminlar (A, C, E va B guruhi vitaminlari), mikro va makroelementlar (selen, rux, temir, kaliy, kalsiy, magniy), aminokislotalar hamda efir moylari mavjud. Aynan ushbu murakkab fitokimyoviy tarkib Allium turlarining yuqori biologik va terapevtik faolligini ta’minlaydi.

Kalit so‘zlar: Allium, sarimsoq, piyoz, biofaol birikmalar, oltingugurtli organik birikmalar, allisin, ajoen, flavonoidlar, fitosterollar, efir moylari.

Скачать статью (PDF)