«Farmatsiya» · № 5/2026 · с. 35–50

Maksudova Firuza Xurshidovna, Vaxidova Nargiza Muxiddin qizi, Baxtiyorova Ziyodaxon Baxromjon qizi

Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent sh., O‘zbekiston Respublikasi

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda valsartan va koenzim Q10 asosidagi «CoValis» kapsulalari tarkibi Boks–Uilson usuli asosida matematik rejalashtirish orqali optimallashtirildi. 2⁴⁻¹ yarim replika rejasi bo‘yicha o‘tkazilgan 16 ta tajriba natijasida pelletlarning texnologik xossalari hamda faol moddalarning eruvchanligini tavsiflovchi regressiya modellari ishlab chiqildi va ularning statistik ishonchliligi tasdiqlandi. Optimallashtirilgan tarkib pelletlarning yuqori texnologik xossalarini, shuningdek, koenzim Q10 va valsartanning OʻzR Davlat farmakopeyasi talablariga muvofiq eruvchanligini ta’minladi. Tadqiqot natijalari Boks–Uilson usuli ko‘p komponentli kapsulalar tarkibini ilmiy asosda optimallashtirishning samarali vositasi ekanligini ko‘rsatdi. Ekstruziya–sferonizatsiya asosida ishlab chiqilgan pelletli kapsulalar texnologiyasi barqaror texnologik ko‘rsatkichlari, takrorlanuvchanligi va sanoat miqyosida masshtablashtirish imkoniyati bilan ajralib turadi hamda «CoValis» kapsulalarini sanoat ishlab chiqarishiga joriy etish uchun ilmiy asos yaratadi.

Kalit so‘zlar: Valsartan, koenzim Q10, “CoValis” kapsulalari, Boks-Uilson usuli, matematik rejalashtirish, pellet texnologiyasi, sochiluvchanlik, eruvchanlik, regressiya tenglamasi, optimallashtirish.

Скачать статью (PDF)