VFM 42 UZ-5874-2025 RAQAMLI SUBSTANSIYA ASOSIDA OLINGAN GELNING TARKIBIDAGI FLAVONOIDLARNI MIQDORINI YuSSX USULIDA ANIQLASH
- Информация о материале
- Категория: 2026 год
«Farmatsiya» · № 5/2026 · с. 85–95
Raximberganova Zilola Maxsudjon qizi, Shermatova Iroda Baxtiyor qizi
Toshkent davlat texnika universiteti
Toshkent farmatsevtika instituti
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda Scutellaria Iscanderi L. o‘simligining quruq ekstrakti va rux oksidi nanozarrachalarini saqlovchi gelning kimyoviy hamda antimikrob xususiyatlari o‘rganildi. Gel tarkibidagi biologik faol flavonoid – apigeninning miqdoriy tarkibi yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usulida aniqlandi. Apigenin standart namunasining ushlanish vaqti 6,2 minutni, tadqiqot namunasidagi tegishli pikning ushlanish vaqti 6,1 minutni tashkil etdi. Gel tarkibidagi apigenin miqdori 0,0065 mg/g darajasida aniqlandi. Gelning antimikrob faolligi diffuziya usulida Staphylococcus aureus va Escherichia coli ga nisbatan baholandi. Rux oksidining 0,1%, 0,05% va 0,025% konsentratsiyalarida mikroorganizmlar o‘sishini bostirish zonalari aniqlandi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar 0,1% konsentratsiyada qayd etilib, S. aureus uchun 28,3 ± 0,5 mm, E. coli uchun 24,6 ± 0,5 mm ni tashkil etdi. Olingan natijalar ishlab chiqilgan gelning kimyoviy tarkibi va antimikrob xususiyatlarini kompleks baholash imkonini berdi.
Kalit so‘zlar: Scutellaria Iscanderi L., rux oksidi nanozarrachalari, nanobiotexnologiya, apigenin, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi, antimikrob faollik, gel, Staphylococcus aureus, Escherichia coli.