OYOQ GIPERGIDROZI KASALLIGI PROFILAKTIKASI UCHUN PARAFARMATSEVTIK LOS’ON TARKIBINI TANLASH
- Информация о материале
- Категория: 2026 год
«Farmatsiya» · № 5/2026 · с. 96–103
Rizayeva Nilufar Muxutdinovna, Aripova Nozima Xakimdjanovna, Kurbanbayeva Munira
Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi
Annotatsiya
Oyoqlar gipergidrozini davolash uchun los’on tayyorlash uchun tanlangan turli kombinatsiyalardagi dori va yordamchi moddalarning 11 ta tarkibi o‘rganildi. Tayyorlangan los’onlarning sifat ko‘rsatkichlaridan tashqi ko‘rinishi, rangi, hidi, etil spirtining massa ulushi, рН ko‘rsatkichi o‘rganildi. Ushbu ko‘rsatkichlar tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish vaqtida va ularni 3 oy davomida saqlagandan so‘ng amalga oshirildi. Shunday qilib, olingan natijalar asosida oyoq gipergidrozini davolash uchun kalendula nastoykasi, urotropin, NaKMS, glitserin, 96% etil spirti, kaliy sorbati, natriy benzoat, moychechak damlamasidan iborat los’on tarkibi tanlandi va texnologiyasi ishlab chiqildi.
Kalit so‘zlar: Los’on, gipergidroz, teri, damlama, barqarorlik, sifat ko‘rsatkichlari, dori moddasi, yordamchi modda.